Shuni ta’kidlash kerakki, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak, ayniqsa uzoq muddatli davolanish kursi bo‘lsa yoki bemorda oshqozon-ichak trakti va yurak-qon tomir tizimida muammolar bo‘lsa, chunki bu sinf preparatlari nojo‘ya ta’sir sifatida oshqozon shilliq qavatini shikastlashi va qon reologiyasiga ta’sir qilishi mumkin. Eng mashhur va samarali nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar misolida ibuprofen va nimesulidni ko‘rib chiqamiz.
IBUPROFEN
Ibuprofen og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushiruvchi xususiyatlarga ega. Revmatoid artrit (jumladan, yuvenil RA yoki Still kasalligi), osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, osteoartroz va boshqa norevmatoid (seronegativ) artropatiyalarning simptomlarini yengillashtirish uchun buyuriladi.
Bundan tashqari, ibuprofen periartikulyar to‘qimalarning norevmatik yallig‘lanish jarayonlarini, masalan, "muzlagan yelka" (bo‘g‘im pardasining yallig‘lanishi), bursit, tendinit, tendovaginit va bel og‘rig‘ini davolash uchun; mushaklar va bog‘lamlar shikastlanganda og‘riq sindromini yengillashtirish uchun ko‘rsatilgan. Ko‘pincha ibuprofen dismenoreya, tish, bosh yoki operatsiyadan keyingi og‘riqni qoldirish uchun buyuriladi.
Ibuprofen "Forsil Ekspress" va "Forsil Layt" preparatlari tarkibiga kiradi, mos ravishda 200 mg va 400 mg. Ushbu preparatlar NIKA PHARM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Ibuprofenni qaysi preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi?
Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak:
Atsetilsalitsil kislota (aspirin).
Bir vaqtning o‘zida ibuprofen va atsetilsalitsil kislotasi bilan davolash mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarni kuchaytirmaslik uchun umuman tavsiya etilmaydi (75 mg/kun gacha bo‘lgan dozalar bundan mustasno). Kombinatsiyalangan terapiya holatida ibuprofenning atsetilsalitsil kislotasining past dozalarining trombotsitlar agregatsiyasiga ta’sirini raqobatbardosh ravishda bostirish xavfi yuqori bo‘ladi.
Kortikosteroidlar.
Oshqozon-ichak trakti yaralari va oshqozon-ichakdan qon ketish xavfi ortadi.
Antitrombotsitar preparatlar va serotoninni qayta qamrab olishning ba’zi selektiv ingibitorlari.
Oshqozon-ichak traktidan qon ketish xavfi ham ortadi.
Antigipertenziv va siydik haydovchi preparatlar.
Ibuprofen va umuman nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar ushbu guruh preparatlarining samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Antikoagulyantlar. YAQNDV qon ivishini kamaytiruvchi preparatlar, masalan, varfarin ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Antikoagulyant va trombolitik dori vositalari bilan bir vaqtda buyurilganda qon ketish xavfi ortadi.
Yurak glikozidlari.
Bir vaqtning o‘zida qabul qilingan YAQNDV yurak yetishmovchiligini kuchaytirishi, koptokchalar filtratsiyasi tezligini pasaytirishi va qon plazmasida glikozidlar konsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Litiy.
YAQNDV qon plazmasida litiy konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Metotreksat.
YAQNDV qon plazmasida metotreksat konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Siklosporin.
Nefrotoksiklik xavfining ortishi.
Mifepriston.
Mifepriston qabul qilingandan so‘ng 8-12 kun davomida YAQNDV qo‘llash mumkin emas, chunki YAQNDV mifepriston ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Takrolimus.
YAKNDV va takrolimus bir vaqtda qabul qilinganda nefrotoksiklik xavfi ortishi mumkin.
Zidovuddin.
YAQNDV va zidovudinni bir vaqtda qo‘llash gematotoksiklikning oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofen bilan birgalikda davolangan gemofiliya bilan og‘rigan OIV-musbat bemorlarda gemartroz va gematoma paydo bo‘lish xavfi yuqoriligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Xinolon guruhiga kiruvchi antibiotiklar.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar xinolon guruhidagi antibiotiklar bilan bog‘liq tutqanoq xavfini oshirishi mumkin. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va xinolonlarni birgalikda qabul qiladigan bemorlarda tutqanoq xavfi yuqori bo‘ladi.
Siklosporin va oltin preparatlari.
Ibuprofenning buyraklarda prostaglandinlar sinteziga ta’sirini kuchaytiradi, bu nefrotoksiklik xavfini oshiradi. Ibuprofen siklosporinning plazmadagi konsentratsiyasini va uning gepatotoksik ta’sirining rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Diabetga qarshi peroral vositalar.
Ibuprofen peroral gipoglikemik dori vositalari, sulfonilmochevina va insulin hosilalarining ta’sirini kuchaytiradi, bu esa gipoglikemiya xavfini oshirishi mumkin. Yuqoridagilarning barchasini hisobga olgan holda, ibuprofen preparatlarini qabul qilish kursi shifokor tomonidan bemorning anamnezini sinchkovlik bilan o‘rganib, keyinchalik uning ahvolini kuzatib borgan holda buyuriladi.
Nimesulid qanday ta’sir qiladi?
Nimesulid ham siklogenaza ingibitori hisoblanadi, ammo uning o‘ziga xos xususiyati bor: SOG-2 ga nisbatan selektivlik boshqa YAQNDVlarga qaraganda yuqori, ya’ni nimesulid yallig‘lanishda muhim rol o‘ynaydigan SOG-2 faolligini ko‘proq bloklaydi va oshqozon va ichak shilliq qavatining himoyasini ta’minlaydigan SOG-1 ni kamroq bloklaydi.
Shunday qilib, nimesulid oshqozon-ichak trakti tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kamroq keltirib chiqaradi. Bu uni klinik amaliyot uchun eng qimmatli qiladi, chunki aynan ovqat hazm qilish tizimi patologiyasining rivojlanishi og‘riq qoldiruvchi vositalarning ushbu sinfi uchun xavf va foyda nisbatini belgilovchi mezonlardan biridir.
Nimesulid erkin kislorod radikallari hosil bo‘lishini susaytiradi, miyeloperoksidaza ajralishini ingibirlaydi, fagotsitoz va xemotaksis jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmaydi, o‘sma nekrozi omili va boshqa yallig‘lanish mediatorlari hosil bo‘lishini susaytiradi. Bundan tashqari, bir qator tadqiqotlarga ko‘ra, nimesulid SOG-2 ga sinfga xos ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan bir qator farmakologik ta’sirlarga ega. U asosiy yallig‘lanish sitokinlarining giperproduksiyasini susaytiradi, metalloproteinazalar faolligini pasaytiradi (masalan, osteoartritda tog‘ay to‘qimasining glikoprotein kompleksini parchalash uchun mas’ul), antigistamin ta’sir ko‘rsatadi. Nimesulidning SOG-2 bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’sirlari orasida fosfodiesteraza IV fermentini bostirish va shu bilan o‘tkir yallig‘lanish reaksiyasi patogenezida muhim rol o‘ynaydigan makrofaglar va neytrofillar faolligini pasaytirish qobiliyatini alohida ta’kidlash kerak.
Nimesulid NIKAPHARM kompaniyasining "Forsil" preparati tarkibiga kiradi. Preparat kukun shaklida ishlab chiqariladi va quyidagi hollarda buyuriladi:
• kelib chiqishi turlicha bo‘lgan og‘riq sindromlarida (bosh, tish, hayz og‘rig‘i, jarohat oqibatlari, operatsiyadan keyingi davrdagi og‘riqlar, revmatizmdan og‘riqlar va boshqalar);
• infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida;
• tayanch-harakat tizimining degenerativ va yallig‘lanish kasalliklari: artritlar, osteoartrozlar, osteoxondrozlar, bursit, radikulit, revmatizm va boshqalar.
Apelsin hidi keladigan och sariq donador kukun. 1 paket ichidagi modda 100 ml iliq suvda eritilganda apelsin ta’mli sarg‘ish tusli oq rangli suspenziya hosil bo‘ladi.
nimesulid - 100 mg