200 mg dozalash uchun "2" o‘lchamli va 400 mg dozalash uchun "0" o‘lchamli, oq yoki deyarli oq rangli kukun bilan to‘ldirilgan qattiq jelatin kapsulalar.
ibuprofen - 200 mg, 400 mg
Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM
Без рецепта
Forsil Lightni doimo davolovchi shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qiling. Agar biror narsaga ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokor yoki farmatsevtdan so‘rang. Qisqa vaqt ichida eng past samarali doza qo‘llanilganda nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 200 mg dan kuniga 3-4 marta ichiladi. Kapsula chaynamay, suv bilan ichiladi. Preparatni qabul qilish oralig‘i 6-8 soat bo‘lishi kerak. Kattalarda tezroq terapevtik ta’sirga erishish uchun dozani kuniga 3 marta 400 mg gacha oshirish mumkin. Sutkalik maksimal dozasi 1200 mg. Ba’zi bemorlar kuniga 600-1200 mg ibuprofen qabul qilishi mumkin. Og‘ir yoki o‘tkir holatlarda umumiy sutkalik doza 2400 mg dan oshmasligi sharti bilan dozani bir necha marta oshirish mumkin.
Keksa odamlar: keksa odamlarda nojo‘ya ta’sirlar xavfi yuqori. YAQNDV qo‘llash zarur bo‘lganda, ibuprofen qisqa vaqt davomida past samarali dozada qo‘llanilishi kerak. Bemor YAQNDV qabul qilganda oshqozon-ichakdan qon ketishini tekshirib turishi kerak. Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda, doza individual ravishda belgilanishi kerak. Preparatni 7 kundan ortiq yoki undan yuqori dozalarda qabul qilish mumkin emas. Uzoqroq yoki kattaroq dozalarda qo‘llash zarur bo‘lsa, shifokor maslahati talab etiladi.